12:17 / 16.09.2015
2788

Krishtianu Ronaldu: «Real» hozir zo‘r o‘ynamoqda

YeChLning birinchi turida Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi darvozasiga xet-trik amalga oshirgan "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi o‘yini haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Biz hozirda juda zo‘r formadamiz. Jamoa futbolchilarining barchasi haqida shunday deyman. Himoya chizig‘imiz ham bexato harakat qilmoqda. "Shaxtyor" yazshi o‘ynadi, to‘pni nazorat qildi, lekin bu kun "Real"ning kuni edi.

Biz La Ligani juda yaxshi boshlamadik, "Xixon" bilan durang o‘ynab qo‘ydik. Lekin endi o‘yinimiz ochildi. Biz hozir juda zo‘r o‘ynayapmiz.

Men o‘z jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular menda ishonch uyg‘otishdi", deydi Ronaldu.

Top