02:32 / 16.09.2015
5808

KUN.UZ dayjesti: 15 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 15 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Makkadagi fojia tufayli jabr chekkan ziyoratchilar haqida ma'lumot>>

Makkada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisadan jabr ko‘rganlar haqida ma'lumotlar e'lon qilindi. Xorijiy OAV ma'lumotlariga qaraganda, joriy yil 11 sentabr kuni yuz bergan fojia tufayli jami 201 nafar kishi jabrlangan

O‘zbekiston qo‘shnilariga yirik GESlar qurishdan voz kechishni taklif qildi>>

O‘zbekiston tabiatni asrash davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov OBSening Pragada o‘tayotgan XXXIII iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvida O‘zbekistonning Rog‘un (Tojikiston) va Qambarota (Qirg‘iziston) GESlarining qurilishi borasidagi pozitsiyasini bayon qildi

Jahon banki eng yirik zaxira fondlari reytingini e'lon qildi>>

Jahon banki e'lon qilgan uzoq istiqbolli kreditlashga bag‘ishlangan yangi hisobotda dunyoning eng yirik zaxira fondlari reytingi keltirildi. Reyting 2014 yil yakunlariga ko‘ra tuzildi

Oq uy: Rossiya Asadni qo‘llab-quvvatlashda davom etsa, xalqaro izolyatsiyaga duch kelishi mumkin>>

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga yordam ko‘rsatishda davom etaversa, xalqaro miqyosda yakkalanib qolishi mumkin

Toshkent va Tehron Eron neftini O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildi>>

Toshkent va Tehron Eron neftini O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qildi

15 sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi ish boshlaydi>>

BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasi jahon tashkilotining Nyu-Yordagi bosh qarorgohida o‘z ishini boshlaydi. Bosh kotib Pan Gi Mun va 70- sessiya raisligiga 2015 yil iyun oyida saylangan avstraliyalik diplomat Mogens Likketoft rahbarligida yangi bir yillik Birlashgan millatlar tashkiloti tarixidagi eng mazmunli yil bo‘lishi va'da qilinmoqda.

KXShT yetakchilari Dushanbeda qo‘shma yig‘ilish o‘tkazmoqda>>

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Kuvaytdagi masjid portlatilishida aybdor deb topilgan 7 kishi o‘limga hukm qilindi>>

15 sentabr kuni Kuvayt sudi shu yilning iyunida shialar masjidi portlatilishida ishtirok etgani isbotlangan 7 kishini o‘limga hukm qilish haqida qaror chiqardi

Turkiya Isroilni Quddusdagi Muqaddas tog‘da ig‘vogarlik qilishni bas qilishga chaqirdi>>

Turkiya Isroilni Quddusdagi Muqaddas tog‘da joylashgan Al-Aqso masjidlar majmuasida “ig‘vogarlik qilishni zudlik bilan bas qilishga” chaqirdi

YeI davlatlari 120 ming qochqinni taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishdi>>

Lyuksemburg hukumatining ma'lum qilishicha, YeI davlatlari 120 ming qochqinni o‘zaro taqsimlab olish borasida kelishuvga erishgan

Top