02:03 / 16.09.2015
5193

KUN.UZ dayjesti: 15 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 15 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Emomali Rahmon KXShT rahbarlarini palov bilan mehmon qildi>>

Dushanba kuni kechasi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon KXShT davlatlari rahbarlari uchun tushlik tashkil qildi. Kecha norasmiy shaklda prezidentning shahardagi qarorgohida o‘tkazildi.

Nazarbekov yosh xonandalarni yarashtirib qo‘ydi>>

O‘zbekistonlik xonandalar Sardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullayevlar ilgari yaqin do‘st hisoblanib, ko‘pdan beri ularning aloqalari sovuqlashib qolgan edi

Sibirda birinchi qor yog‘di>>

Rossiyaning Tomsk shahrida birinchi qor yog‘di

UYeFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi o‘yinini UZRePORT TV telekanalida Aleksandr Shmurnov va Jasur G‘aybullayev sharhlab boradi>>

Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun, 15 sentabrda UZRePORT TV telekanali UYeFA Chempionlar ligasi o‘yinlari translyatsiyasini boshlaydi.

iPhone 6S detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi>>

Ekspertlar Apple kompaniyasining 64 Gb doimiy xotiraga ega yangi iPhone 6S smartfoni detallari tannarxi 234 dollarni tashkil qilishini aniqlashdi

BAAlik 8 yoshli bola Bentley GT V8 mashinasini yutib oldi>>

Birlashgan Arab amirliklarida istiqomat qiluvchi 8 yoshli bola Emirates Islamic Kunooz oylik lotereyasida Bentley GT V8 coupé sportkarini yutib oldi

Jaguar’ning birinchi krossoveri 19 m li aylan bo‘ylab harakat qildi>>

Frankfurt avtosaloni arafasida Jaguar’ning birinchi krossoveri – F-Pace Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Porsche to‘rt o‘rinli elektrosuperkar yaratdi>>

Porsche kompaniyasi to‘rt o‘rinli elektrosuperkar prototipini keng ommaga namoyish etdi. Aytilishicha, u bir marta quvvatlantirilganda 500 km masofa bosishi mumkin. Mission E nomini olgan kontsept o‘ziga xos “Premeralar tuni”da – Volkswagen kompaniyasi Frankfurt motorshousi boshlanishidan oldin uyushtirilgan maxsus tadbirda namoyish etildi.

Forbes: «Real» dunyoning eng boy jamoasi unvonini «Dallas Kovboys» jamoasiga boy berib qo‘ydi>>

Ispaniyaning «Real» klubi Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy jamoasi unvonini Amerika Milliy futbol ligasining (NFL) «Dallas Kovboys» jamoasiga boy berib qo‘ydi

Klichko vazn toifasidan qat'iy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisiga aylanib oldi>>

Superog‘ir vazn toifasining WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko jahon professional bokschilarining vazn toifasidan qat'iy nazar tuzilgan reytingida dunyoning eng yaxshi bokschisi sifatida ro‘yxatni birinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi

Ruslan Chagayev: Ramzon Qodirov bilan uchrashishimdan oldin boksni tark etish fikrida yurgandim>>

Top