00:06 / 16.09.2015
4654

Musulmonlar ko‘rgazmasi tashkilotchilari Femen harakati ustidan sudga da'vo arizasi topshirdi

12 sentabr kuni Parij yaqinidagi shaharda Femen harakati faollari tomonidan ishiga to‘sqinlik qilingan Musulmonlar ko‘rgazmasi tashkilotchilari Femen harakati ustidan sudga da'vo arizasi topshirdi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.

“Femen tadbiri mas'uliyatsizdir, yanglish fikrga olib keladi va o‘z fikrini erkin ifodalashni inkor qilish hisoblanadi. Shu tufayli bizning kompaniya va bir necha oila ular ustidan sudga murojaat qildi”, deb aytilmoqda Musulmonlar ko‘rgazmasining tashkilotchisi bo‘lgan IslaEvents kompaniyasining bayonotida.

O‘z navbatida, “yarim yalang‘och tadbirni” uyushtirgan qizlar ko‘rgazma tashkilotchilariga qarshi ular tomonidan “zo‘ravonlik” qo‘llangani yuzasidan da'vo arizasi topshirmoqchilar.

Anjuman paytida ikki imom omma oldida “O‘z rafiqasini urish kerakmi yoki yo‘qmi” mavzusida nutq so‘zlayotganida harakatning a'zolari bo‘lgan ikki qiz sahnaga yarim yalang‘och ko‘rinishda chiqib kelgan. Ularning ko‘kragida va orqasida “Menga hech kim xo‘jayin emas, men hech kimga bo‘ysunmayman, men o‘zimning shaxsiy payg‘ambarimman” degan yozuv bo‘lgan. Shuningdek, qizlar bu so‘zlarni arab va fransuz tillarida baqirib aytishgan.

Noxush voqea tinchlik bilan barham topishi mumkin edi, biroq anjumanning ba'zi ishtirokchilari qizlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishga qaror qilishgan.

Top