10:33 / 16.09.2015
3312

Namanganda hind tovarlari yarmarkasi ochildi

Namangan bolalar ijod markazida Hindiston tovarlari yarmarkasi ochildi. Bu haqda Nuz.uz nashri yozmoqda.

Yarmarka tashkilotchisi Great India Expo Pvt. Ltd. korxonasi bo‘ldi. Korxona joriy yilning fevralida viloyatda dastlabki yarmarkasini o‘tkazgan edi.
“Yarmarka shu qadar muvaffaqiyatli o‘tdiki, biz Namanganga yana bir bor kelishga qaror qildik”, - dedi korxona bosh direktori Sandip Garg.

Tadbirda Hindistondan olib kelingan turli tovarlar namoyish qilindi. Bular orasida kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari ko‘pchilikni tashkil qildi.
Ta'kidlanishicha, yarmarka viloyat aholisida katta taassurot qoldirgan.

Top