00:03 / 16.09.2015
2218

OAV: Istanbuldagi avtovokzalda 2 mingdan ziyodroq qochqin yig‘ildi

Yevropaga o‘tmoqchi bo‘lgan 2 mingdan ziyodroq suriyalik qochqin Istanbulning Bayramposha avtovokzalida yig‘ildi, deb xabar bermoqda 15 sentabr kuni Hurriyet gazetasi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, qochqinlar avtobuslarda Turkiyaning shimolidagi Gretsiya bilan chegaradosh Edirne viloyatiga yo‘l olmoqdalar. 500 dan ziyodroq suriyalik qochqin turk-grek chegarasida turibdi, ulardan ko‘pchiligi yo‘lning bir qismini piyoda bosgan holda hamroh mashinalarda kelmoqdalar. Suriyaliklarning chegaraga ommaviy tarzda yo‘l olishlariga Germaniya 16 sentabrga o‘tar kechasi qochqinlar uchun o‘z chegarasini yopishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar sabab bo‘ldi.

2015 yilning boshidan Yevropa Ittifoqi hududiga 500 mingdan ko‘proq muhojir kelgan, ularning saflari har kuni yana minglab muhojirlar bilan to‘lib bormoqda.

Top