01:41 / 16.09.2015
3078

O‘zbekiston "Huawei" kompaniyasining ilk xalqaro bozorlaridan biriga aylandi

O‘zbekiston "Huawei" kompaniyasining ilk xalqaro bozorlaridan biriga aylandi. Bu haqda ICTWEEK UZBEKISTAN 2015 informatsion texnologiyalar haftaligida kompaniya rahbari Chjao Tszyanpin ma'lum qildi.

"15 yil davomida Xitoyning "Huawei" kompaniyasi O‘zbekiston hududidagi telekommunikatsion bozorda infokommunikatsion texnologiyalar hamda yuqori servis borasida yetakchi o‘rinlarni egalladi.

"Huawei" telefon stansiyalarini raqamlash, NGN texnologiyasini qo‘llash, GSM/CDMA/LTE standartlarini rivojlantirish, SDH/DWDM optik tarmoqlarini qurish borasida katta loyihalarni amalga oshirdi.

Hozirda "Huawei" "O‘zbektelekom" aksionerlik kompaniyasi bilan GPON passiv optik tarmog‘ida ishlaydigan terminallar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona yaratmoqda", - dedi Chjao Tszyanpin.

Top