14:35 / 16.09.2015
2803

Pol Skoulz: "Manchester Yunayted" Marsyalga ishonib, xato qildi

"Manchester Yunayted" jamoasining sobiq futbolchisi Pol Skoulz jamoaning YeChL yangi mavsumidagi ilk turda "PSV"dan yengilishiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Jamoada hozirda gol tanqisligi mavjud. Chunki jamoaga yuqori toifali markaziy hujumchi yetishmayapti.
O‘tgan mavsumda van Gaal muvaffaqiyatsizliklarni jamoaga barqarorlik yetishmayotgani bilan izohlagandi. Saviyali hujumchisi yo‘q bo‘lgan jamoa yanada beqarorlashadi.
Jamoa 3-4 nafar yaxshi hujumchini qo‘yib yubordi. Agar hech bo‘lmasa van Persi yoki Xaver Ernandes olib qolinganida edi, biz gol ko‘rib turardik. Ular gol urishda katta tajribaga ega futbolchilardir. Marsyal esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, raqiblarga tahdid solish uchun yaraydi xolos. Men uning transferini rahbariyatning katta xatosi sifatida baholayman", deydi Skoulz.

Top