12:12 / 16.09.2015
7043

Qozog‘iston 19 davlat uchun vizasiz tartib joriy qildi

Mamlakatda qulay investitsion muhit yaratish maqsadida Qozog‘iston 19 davlat uchun vizasiz tartib joriy qildi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Avstraliya, Vengriya, Italiya, Monako, Belgiya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Malayziya, BAA, Singapur, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Shveytsariya va Yaponiya investorlari Qozog‘iston tomonidan bir tomonlama vizasiz rejim joriy qilingan imtiyozli mamlakatlar qatoriga kirdi.

Top