10:03 / 16.09.2015
3201

Qozog‘iston qurolli kuchlarining harbiy tayyorgarligi tekshirilmoqda

8-18 sentabr kunlari Qozog‘iston bo‘ylab terrorchilikka qarshi harbiy o‘quvlar o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Oybolta” nomli o‘quvlarga 10 ming harbiy va 2 ming texnika birligi jalb qilinadi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiylar terrorchi guruhlarga qarshi kurashish, o‘t ostida Ili daryosidan kechib o‘tish, harbiy samolyotlardan foydalanishni mashq qiladilar.

Mashg‘ulotlarda harbiy qismlar, chegara xizmati va harbiy havo kuchlari xodimlari, mahalliy hokimiyat organlari ishtirok etadi.

Top