17:59 / 16.09.2015
3015

Tojikiston IIV Nazarzodaning tarafdorlarini yo‘q qilish amaliyoti yakunlangani haqida ma'lum qildi

Tojikiston IIV matbuot xizmati general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi jangarilar guruhining so‘nggi vakillari yo‘q qilingani haqida bayonot berdi, deb yozmoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.

«Jangarilarning oxirgi sakkiz nafar a'zosi Romit hududida maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi», — deydi IIV vakillaridan biri rus axborot agentligiga.

O‘ldirilganlarning shaxsi xuddi Nazarzodaning taqdiri kabi ma'lum qilinmayapti. Oldinroq uning yo‘q qilingani haqida xabar berilgan, keyin bu xabar rad qilingandi.

Olib borilgan tezkor operatsiyalar davomida jami 30 nafar Nazarzoda guruhi jangarilari yo‘q qilingan, 100 nafari hibsga olingan. Jang davomida qurolli kuchlar tomonidan «Alfa» guruhi komandiri Rustam Amakiyev vafot etgan.

Top