23:22 / 16.09.2015
2253

Twitter’dan ko‘p million dollarlik tovon puli talab qilinmoqda

Kaliforniya shtatida yashovchi Rene Uilford ismli ayol Twitter ijtimoiy tarmog‘idan go‘yoki uning shaxsiy yozishmalarini o‘qigani uchun katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda, deb yozmoqda The Register nashri.

Uilfordning aytishicha, kompaniya lisenzion kelishuvda sir saqlanish kafolatlangan bandning mavjudligiga qaramasdan, shaxsiy yozishmalarga kira oladi. Uning fikricha, bu shaxsiy hayotga tajovvuz qilish haqidagi qonunga g‘ilofdir.

Ayol Twitter shaxsiy xabarlarda yuborilayotgan havolalarni (ssilkalarni) t.co. domenini ishlatgan holda qisqaroq yozuvga almashtirishiga asoslanib bunday xulosaga kelmoqda. Uilfordning fikricha, kompaniya URL’ni almashtirish uchun shaxsiy yozishmalarga kiradi.
Twitter vakillari ayolning da'volari asosga ega emasligini, chunki havolalarning almashtirilishiga avtomatlashtirilgan tizim javob berishini ma'lum qildilar.

Top