18:12 / 16.09.2015
4926

Yilning eng yaxshi avtomobili nomiga da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi

«Dunyo yil avtomobili» tanlovi (World Car of the Year, WCOTY) tashkilotchilari Frankfurtdagi avtosalonda 2016 yilning eng yaxshi avtomobili nomini qo‘lga kiritishga da'vogar avtomobillar ro‘yxatini e'lon qildi.
«Short-list»dan 21 turdagi modellar joy olgan. WCOTY tashkilotchilari yil avtomobilini aniqlashdan tashqari yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi mashinalar nomini e'lon qilishadi. «Yil dizayni», «Yilning eng yaxshi sportkari», «Eng yaxshi «yashil» avtomobil» kabilar shular jumlasidan.
Oxirida qolgan barcha avtomobillar, shuningdek Audi Q7, Audi R8, kabriolet BMW 2-Series, BMW 7-Series, Hyundai Creta va Mercedes-Benz C-Class modellari o‘rtasida yilning eng yaxshi ulovi aniqlanadi.
Tanlovda 23ta davlatdan kelgan 70dan ortiq avtomobil jurnalistlari ishtirok etishadi. WCOTY g‘olibi 2016 yilning martida Nyu-Yorkdagi motoshou vaqtida aniqlanadi.

Top