14:22 / 16.09.2015
3889

Yunusobodda zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Yunusoboddagi xonadonlarning biridan 20 turdagi zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, 1959 yili tug‘ilgan Gulchehra ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, uning uyidan qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlab ketilganini ma'lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu jinoyatni sodir etgan samarqandlik Vohid ismli yigit qo‘lga olingan.

Top