01:47 / 17.09.2015
3468

Burkina-Faso prezidenti lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi va vazirlari qo‘riqlash xizmati tomonidan hibsga olindi

Burkina-Faso prezidentni qo‘riqlash xizmati mamlakat hukumatining yig‘ilishini to‘xtatib, prezident lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi Mishel Kafondo va hukumat a'zolarini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Butun hukumat, jumladan vazirlar va prezident prezident qo‘riqlash xizmatining bir guruh askarlari tomonidan hibsga olindi”, deb aytmoqda manba.

Manbaning ta'kidlashicha, ayni paytda qurolli kuchlar vakillari hech qanday talab qo‘ymaganlar.

Top