08:31 / 17.09.2015
3593

Chili qirg‘oqlari yaqinidagi zilzila magnitudasi 8,3 ball bo‘lgan, aholi evakuatsiya qilinmoqda

AQSh Geologiya markazi tomonidan aniqlik kiritilishicha, 17 sentabrga o‘tar kechasi Tinch okeanining Chili qirg‘oqlariga yaqin hududida ro‘y bergan zilzila kuchi 8,3 ballga teng bo‘lgan.

Bundan tashqari, zilzila o‘chog‘i 25 km chuqurlikda joylashgani aytildi.

Dastlabki xabarda zilzila kuchi 7,9 ball, zilzila o‘chog‘i yer sathidan 33 km chuqurlikda joylashgani ma'lum qilingandi.

Reyter nashrida yozilishicha, Chili poytaxtiga ta'sir qilgan bu zilzila baland binolarni tebratgan.

Mamlakat hukumati favqulodda holat joriy qilgan va zudlik bilan xavfli hududlardan aholini evakuatsiya qilishga kirishgan.

Biroz oldinroq, zilzila tufayli paydo bo‘ladigan sunami Chili, Ekvador va Peru hududlariga tahdid solayotgani haqida ma'lum qilingandi.

Top