19:19 / 17.09.2015
1993

Chilidagi zilzila qurbonlari soni 8 kishiga yetdi

Chilida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 8 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Xorxe Burgos jurnalistlar bilan muloqotda xabar qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, zilzila oqibatida zarar ko‘rganlar va vayronalar ostida qolganlarni topish va yordam ko‘rsatishga qaratilgan qidiruv va qutqaruv operatsiyalari davom ettirilmoqda.

Chili universiteti milliy seysmologiya markazi ma'lumotlariga qaraganda, 8.4 magnitudali zilzila Kanela Baxa aholijoyidan 42 km narida sodir bo‘lgan. Uning chuqurligi 11 km ni tashkil qiladi. Undan so‘ng yana 15 kichik silkinish kuzatildi.

Top