17:28 / 17.09.2015
1944

Chiliga sunami xavf solmayapti

Chili hukumati mamlakat hududida sunami xavfi tahdidida joriy qilingan favqulodda vaziyatni bekor qildi.

Bundan oldinroq, mamlakatda oxirgi 5 yil ichida yuz bergan eng kuchli (6,4 balli) zilzila tufayli qirg‘oqlarga 4,5 m balandlikdagi sunami yaqinlashishi mumkinligi aytilgandi.

Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda hududlardan ko‘chirilgan aholi o‘z uylariga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 sentabrga o‘tar kechasi Tinch okeanining Chili qirg‘oqlariga yaqin qismida 8,3 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Bu hodisadan keyin Chilining quruqlikdagi qismida 4 marta qaytalanish kuzatildi.

Oxirgi ma'lumotlarda, zilzila tufayli 5 kishi halok bo‘lgani va 1 mln kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani aytilgandi.

Top