17:36 / 17.09.2015
2349

Devis Kubogi: O‘zbekiston – AQSh uchrashuviga qur'a tashlandi

18-20 sentabr kunlari Toshkent shahrida Devis Kubogi doirasida Jahon bosqichiga saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.

Bugun Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida o‘zaro bahslar uchun qur'a tashlandi. Ertaga O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Stiv Jonsonga qarshi kortga chiqadi. Farrux Do‘stov esa Jyek Sok bilan kuch sinashadi.

19 sentabr kuni juftliklar bahsi o‘tkaziladi. Istomin/Do‘stov tandemi Jonson/Kuerri juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Bahslarning so‘nggi kunida Denis Istomin Jyek Sokka qarshi kortga chiqadi, shundan so‘ng Farrux Do‘stov Stiv Jonson bilan bahs olib boradi.

Top