13:45 / 17.09.2015
4227

Kurash yozgi Osiyo o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritildi

Bugun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi bosh assambleyasida kurashni 2018 yil avgust-sentabr oylarida Jakartada o‘tadigan 18-yozgi Olimpiya o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bu haqda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu voqeaga munosabat bildirar ekan, IKA prezidenti va Olimpiya kengashi Osiyo o‘yinlari departamenti direktori “bugun kurashning tarixiy kuni” bo‘lganini ta'kidladi:
«Bugun kurash, IKA va bizning sportimiz ixlosmandlari uchun chinakam tarixiy kun bo‘ldi. Kurashning bu qadar muhim qit'a musobaqalarining rasmiy dasturiga kiritilishi kurashning nafaqat Osiyo, balki butun dunyoda ommalashtirishning yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.

IKA nomidan OSA’ni, OSA va Milliy olimpiya qo‘mitalari uyushmasi rahbari, Osiyo kurash konfederatsiyasi faxriy prezident shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz”.
Dasturga muvofiq Indoneziyada o‘tadigan o‘yinlarda kurash bo‘yicha 15 komplekt medallar uchun bahs boradi, bulardan 7 vazn toifasi erkaklarga, 8 vazn toifasi ayollarga tegishli bo‘ladi.

Top