19:28 / 17.09.2015
4059

KXDR AQShdan Koreyalarning ishiga aralashishni to‘xtatishni talab qildi

KXDR Koreyani birlashtirish bo‘yicha qo‘mitasi e'lon qilgan bayonotda AQShdan “Koreyalararo munosabatlarga aralashishni to‘xtatish”ni talab qildi.

Bayonotda ta'kidlanishicha, AQSh ikki koreys davlati o‘rtasidagi kelishuvlarning amalga oshirilishiga butun kuchi bilan to‘sqinlik qilmoqda. Xususan, ular Oq Uyni KXDRga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini tarqatganlikda aybladi.

Jumladan, AQShda KXDRda inson huquqlarining buzilishi masalasida seminarning tashkil etilishi mana shu ishga qaratilgan harakat sifatida baholandi.

Top