09:23 / 17.09.2015
4827

Nazarboyev Lukashenkoga kukunli sut import qilgani uchun dakki berdi

Sochida bo‘lib o‘tayotgan forum chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan sut borasida tortishib qolganini aytib berdi. Uning so‘zlarini Tengrinews.kz sayti keltirdi.

“Biz do‘stimiz Aleksandr Grigorevich bilan bahslashdik. U o‘z davlatiga kukun keltiradi, bu kukun suv bilan aralashtirib sotiladi. Bu chinakam sut emas, bu sutli ichimlik, u G‘arbda shunaqa baholanadi, lekin bizning sut narxida sotiladi. U hozir men bilan qizg‘in bahsga kirishgan bo‘lar edi. Lekin bu haqiqat”, - dedi Nazarboyev.

Bundan tashqari, prezident tabiiy va sun'iy sut ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida adolatli raqobatni ta'minlash zarurligini ta'kidladi.

Shuningdek, u Rossiyani Qozog‘istondan mol go‘shti sotib olishga chaqirdi.

Top