15:30 / 17.09.2015
4142

Nazarboyevning to‘rtinchi evarasi dunyoga keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi, Ostona shahri hokimining o‘rinbosari Nurali Rohatovich Aliyev farzand ko‘rdi. Bu haqda Nur.kz portali xabar bermoqda.

30 yoshli Nurali Qozog‘iston yetakchisining katta qizi Darig‘a Nazarboyeva hamda marhum muxolif siyosatchi Rohat Aliyevning katta o‘g‘lidir. 2003 yilda u Aida bilan turmush qurgan. Nurali va Aida Aliyevalarning uchta farzandi bor edi: Alan, Laura va Amira. Bugun tug‘ilgan to‘rtinchi farzandiga qanday ism berilgani hali ma'lum emas.

Top