19:12 / 17.09.2015
2993

OAV: Xitoy AQShda tezyurar poyezdlar uchun temir yo‘l qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy AQSh hududida tezyurar poyezdlar harakati uchun mo‘ljallangan yangi temir yo‘l qurishni rejalashtirgan. Bu haqda "Jenmin jibao" xabar bergan.

Xitoy Kommunistik partiyasining Markaziy qo‘mitasi qoshidagi iqtisodiy va moliyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shu Gotszenning ma'lum qilishicha, rasmiy Pekin va Vashington temir yo‘l sohasida qo‘shma korxona tuzishni ham rejalashtirgan.

Ma'lum qilinishicha, rejadagi yangi temir yo‘l AQShning Las-Vegas va Los-Anjyeles shaharlarini bog‘lashi ko‘zda tutilgan.

Uzunligi 370 km bo‘lishi aytilayotgan bu yo‘lning qurilish ishlari 2016 yilning sentabrigacha bitkazilishi rejalashtirilgan.

Gongkonglik iqtisodchi Garri Vongning Reyter nashriga bildirishicha, ushbu loyiha uchun taxminan 5 mlrd dollar sarflanishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Xitoy temir yo‘l sohasi eng yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatdagi temir yo‘llarning umumiy uzunligi 19 ming kilometrni tashkil qiladi.

Top