20:54 / 17.09.2015
4049

O‘zbekistonning davlat byudjyeti 0.2 foiz profitsit bilan bajarildi

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning davlat byudjyeti 0.2 foiz profitsit bilan bajarildi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasining navbatdagi majlisida aytib o‘tildi.

Matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, majlis 2015 yil birinchi yarmi davlat byudjyeti ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan.

Hisobot davri yakunlariga ko‘ra YaIMning o‘sishi 8.1 foizni tashkil qildi, sanoat mahsuloti hajmi ham shunchaga ortdi. Makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishi natijasida tashqi savdo saldosi ijobiy bo‘ldi.

Davlat byudjyeti xarajatlari YaIMning 23.4 foizini tashkil qildi, buning natijasida byudjyet 0.2 foiz profitsit bilan bajarildi.

Byudjyet xarajatlarining 59.2 foizi ijtimoiy sohaga qaratildi.
Shuningdek, yil boshidan buyon eksport faoliyatiga 493 yangi korxona jalb qilindi. 168 turdagi tovarlar eksport qilindi. 255 ming meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi, eksport hajmi 7.4 foizga o‘sdi.

Top