22:59 / 17.09.2015
3953

Rossiya ichki ishlar vaziri “IShID” safida 1,8 ming rossiyalik borligini ma'lum qildi

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev “IShID” safida 1,8 ming rossiyalik borligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

“IIV hisobiga ko‘ra, “IShID” safida 1,8 ming rossiyalik jang qilmoqda. Bu holat yuzasidan 477 jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deb aytdi Kolokoltsev.

Avvalroq Rossiya Jamoatchilik palatasining jamoatchilik diplomatiyasi va xorijdagi rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi raisi Yelena Sutormina “IShID” safida taxminan 2,5 ming rossiyalik fuqaro borligini ta'kidlab o‘tgan edi.

Top