18:33 / 17.09.2015
3410

Sankt-Peterburgdagi qurilishda 22 yoshli o‘zbekistonlik 8-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Shushari tumanidagi qurilish maydonida yana bir baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.

“Rosbalt” internet nashrining huquqni muhofaza qilish organlari xabariga asoslanib ma'lum qilishicha, 16 sentabr kuni 12:20 (Toshkent vaqti bilan 11:20)da Shkolniy ko‘chasidagi 6A turar-joy binosi qurilayotgan maydonda 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Yosh yigit 8-qavatdan qulab tushgan.

Hayotlik vaqtida u “Eks Stronek” kompaniyasida armaturachi bo‘lib ishlagan. Vafot etganning yashash joyi aniqlanmoqda.

Bu Shushari tumanida O‘zbekiston fuqarosi bilan ro‘y bergan birinchi shu singari hodisa emas. 2015 yilning 16 aprel kuni “Stroitel” MChJ ishchisi, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham ustiga quvur tushib ketishidan olgan tan jarohatidan vafot etgan edi.

Top