11:22 / 17.09.2015
2241

Toshkentda BMTning O‘zbekistonga yordam dasturi taqdimoti o‘tkazildi

Seshanba kuni Toshkentda BMTning O‘zbekistonga rivojlanish maqsadlarida 2016-2020 yillarda ko‘mak berish bo‘yicha yangi dasturi (YuNDAF) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

5 yillik dastur O‘zbekiston hukumati va BMT vakolatxonasi o‘rtasida 9 iyun kuni imzolangan edi.
“O‘zbekistonning maqsadi iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta'minlashdir. Bu BMT strategiyasiga to‘laligicha mos keladi, - dedi YuNDAF taqdimotida mamlakat iqtisodiyot vaziri Galina Saidova. – Yangi dastur o‘ziga xos tarzda sinergiyani va BMT hamda uning barcha vakillari manfaatlarini ta'minlab beradi”.


Dasturda ko‘zda tutilgan punktlarning realizatsiyasi masalasi dastur tayyorlanish jarayonidayoq tegishli vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirilgan edi, shu bois uning amalga oshirilishiga darhol kirishish imkoniyati mavjud. Dasturning barcha yo‘nalishlari respublikaning rejalari va milliy manfaatlari bilan chambarchas bog‘langan holda ishlab chiqilgani ta'kidlab o‘tildi.

Top