01:27 / 17.09.2015
2481

Vengriya-Serbiya chegarasida muhojirlar bilan to‘qnashuvlarda 20 nafar politsiyachi jarohat oldi

Vengriyaning Serbiya bilan chegarasida muhojirlar bilan to‘qnashuvlarda 20 nafar politsiyachi va 2 nafar bola jarohat oldi. Bu haqda Vengriya bosh vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Derdya Bakondiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. 

“Ayni paytda 20 nafar politsiyachi yaralangan, bundan tashqari tez tibbiy yordam mashinasi 2 nafar bolani olib ketdi. Ular to‘siqlar ustidan tashlanganda jabrlanganlar”, deb aytmoqda Bakondi.

Bakondi mutassadilar chegarada o‘rnatilgan to‘siqni tiklash va mustahkamlash bilan shug‘ullanayotganlarini ma'lum qildi.
Avvalroq Vengriya politsiyasi “tajovvuzkor kayfiyatdagi” bir guruh muhojirlar Serbiya bilan chegarada barpo etilgan simli to‘siqni yorib tashlaganini ma'lum qilgan edi. Natijada politsiyachilar ularga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz va vodomyotlar ishlatishga majbur bo‘lganlar.

Top