07:35 / 18.09.2015
1978

American Airlines aviakompaniyasining 300ta layneri tizimdagi nosozlik tufayli aeroportlardan uchib keta olmadi

American Airlines aviakompaniyasining 300 ta layneri kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli AQShning 3ta shtatidagi aeroportlardan uchib keta olmadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Aviakompaniya matbuot xizmatida mutaxassislar tezlik bilan nosozlik oqibatlarini bartaraf etganlari ma'lum qilindi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noaniq qolmoqda.

Bu holat American Airlines saytiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.

Laynerlar 2 soatlik kechikish bilan uchgan.

Top