09:48 / 18.09.2015
7843

Bojxona to‘lovlari stavkalarining ko‘tarilishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarga aloqador emas

Bojxona to‘lovlari stavkalarining ko‘tarilishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarga aloqador emas. Bu haqda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2015 yilning 1 sentabrida bojxona to‘lovlari va aksiz soliqlari stavkalari oshirildi. Shuningdek, alohida import tovarlariga nisbatan bojxona to‘lovlari uyg‘unlashgan stavkalarini qo‘llashni kengaytirish belgilandi.

Ta'kidlanishicha, bunday choralar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni chetlab o‘tadi. Bular sirasiga ayrim birinchi zarurat mollari va ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

Top