18:21 / 18.09.2015
4972

Dushanbeda isyonchi general tarafdorlarining tanalari qarindoshlariga topshirila boshlandi

Bugun Dushanbeda Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general mayor Abduhalim Nazarzodaning maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirilgan tarafdorlarining tanalari qarindoshlariga topshirila boshlandi. Bu haqda Asia Plus nashri xabar qildi.

“Bizga unining tanasini olib ketish, janoza o‘qish va ko‘mishga ikki soat vaqt berishdi”, - dedi halok bo‘lganlardan birining qarindoshi nashrga bergan intervyusida.
Uning e'tirof etishicha, tanalar shu qadar jiddiy shikastlanganki, qarindoshlar ularning shaxsini tasdiqlay olmayapti. Lekin juda kam vaqt berilgani bois tanalar surishtirilmay ko‘mib yuborilmoqda.

Barcha isyonchilarning tanalari bitta xonada tutib turilib, bu xona faqatgina konditsioner bilan muzlatilgan. Natijada qarindoshlar yetib kelganida xonada nafasni bo‘g‘ib qo‘yadigan hid anqigan edi.
Dafn marosimi qurolli kuchlar va maxsus guruhlar xizmatchilarining nazorati ostida o‘tkazilgan.

Generalning tanasi qarindoshlariga qachon topshirilishi noma'lumligicha qolmoqda.
Uning ikki o‘g‘li Baxtiyor va Muhammadning taqdiri haligacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.

Top