08:34 / 18.09.2015
2678

Yevropa ligasining 1-turidagi eng yirik hisob "Napoli" va "Bryugge" o‘yinida qayd etildi

17 sentabr kuni Italiyaning Neapol shahrida "Napoli" Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning "Bryugge" jamoasini qabul qildi.

D guruhi vakillari ishtirokidagi ushbu o‘yinda turnirning 1-turidagi eng yirik hisob qayd etildi. Mezbonlar raqiblar darvozasiga 5ta javobsiz gol yo‘llashdi.

O‘yinda Dris Mertens va Kalexon 2tadan, Gamshtk esa bitta gol urdi.

Napoli (Italiya) – Bryugge (Belgiya) 5:0 (3:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 5 Kalexon, 2:0 – 19 Mertens, 3:0 – 25 Mertens, 4:0 – 53 Gamshik, 5:0 – 77 Kalexon.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Lopes Silva, Frello, Gamshik (Allan, 62), Kalexon, Iguain (Gabbyadini, 72), Mertens (Insine, 75).
Bryugge – Bolat, Mene, Duarte, Mexele, De Bok, Vormer, Simons, Diabi (Klaudemir, 60), Vaskes (de Fo, 69), Bolingoli-Mbombo (Iskerdo, 46), Leandro.
Ogohlantirish: Simons (90).

Top