01:41 / 18.09.2015
5898

KUN.UZ dayjesti: 17 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Ucell kompaniyasining bosh aksiyadori O‘zbekiston bozoridan ketadi>>

TeliaSonera kompaniyasi “Yevrosiyo” mintaqasidagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi faoliyatini ham sekin-asta to‘xtatadi

O‘zneftmahsulot: shov-shuvlarga inonmang!>>

Oxirgi kunlarda ko‘plab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mahsulot kamligi aytilgan holda avtobenzin narxi oshmoqda, shoxobchalar oldida mashinalarning uzun navbatlari hosil bo‘lmoqda

Xorazm viloyatida fosh etilgan ekstremistik guruh a'zolariga qamoq jazolari tayinlandi>>

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari Xorazm viloyatida odamlarni "IShID" tashkiloti safiga yollashni maqsad qilgan shaxslar guruhini fosh etishgandi

Toshkentda BMTning O‘zbekistonga yordam dasturi taqdimoti o‘tkazildi>>

Seshanba kuni Toshkentda BMTning O‘zbekistonga rivojlanish maqsadlarida 2016-2020 yillarda ko‘mak berish bo‘yicha yangi dasturi (YuNDAF) taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kurash yozgi Osiyo o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritildi>>

Bugun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi bosh assambleyasida kurashni 2018 yil avgust-sentabr oylarida Jakartada o‘tadigan 18-yozgi Olimpiya o‘yinlari rasmiy dasturiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi

Liviya hukumati Rossiya bayrog‘i ostidagi tankerni qo‘lga oldi>>

Liviya qirg‘oqlari yaqinida Rossiya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan "Mexanik Chebotarev" nomli neft tashuvchi tanker to‘xtatilgan

Tojikiston bosh prokuraturasi: Nazarzodaning xorijlik homiylari bor edi>>

Tojikiston mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzodani chet eldan moliyalashtirib turgan manbalar bo‘lgan

Obama: AQShga muammolarni Rossiya yoki Xitoy emas, o‘zi tug‘diradi>>

AQShga muammolarni Rossiya yoki Xitoy emas, o‘zi tug‘diradi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama “Yirik biznes stoli” tashkiloti konferensiyasidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi: O‘zbekiston ayirboshlash kursining moslashuvchanligini ta'minlashi lozim>>

O‘zbekistonning tegishli idoralari ayni paytda mamlakatda amalga oshirilayotgan operatsiyalarga bo‘lgan bosimni tushirish uchun ayirboshlash kursi borasidagi siyosatning moslashuvchanligini ta'minlab berishi lozim, shuningdek, valyuta tizimini liberallashtirish hamda valyuta cheklovlarini yo‘qotish yo‘lidan borishi lozim

Iroqda vabo epidemiyasi boshlandi>>

Iroqda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda

Saudiya Arabistoni halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan yordam ko‘rsatadi>>

Saudiya Arabistoni Makkadagi baxtsiz voqea oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilarning oilalariga 350 ming dollardan moddiy yordam ko‘rsatadi

Chili qirg‘oqlari yaqinidagi zilzila magnitudasi 8,3 ball bo‘lgan, aholi evakuatsiya qilinmoqda>>

AQSh Geologiya markazi tomonidan aniqlik kiritilishicha, 17 sentabrga o‘tar kechasi Tinch okeanining Chili qirg‘oqlariga yaqin hududida ro‘y bergan zilzila kuchi 8,3 ballga teng bo‘lgan

Janubiy Sudandagi portlash qurbonlari soni 100 kishidan oshdi>>

Janubiy Sudandagi portlash qurbonlari soni 100 kishidan oshdi. Yana 50 kishi jarohat oldi

Bag‘dodda sodir etilgan 2 terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi>>

Iroq poytaxti Bag‘dodda sodir etilgan 2 portlash oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 69 kishi jarohat oldi

Top