16:25 / 18.09.2015
2383

McDonald`s o‘z xodimi moskvalik mijozning qizi ustiga kofe to‘kib yuborgani uchun 320 ming rubl jarima to‘ladi

Moskvadagi Tver sudi mosvalik fuqaro tomonidan berilgan da'vo arizasi asosida McDonald`s restoranlar tarmog‘iga 320 ming rubl miqdorida jarima jazosi tayinladi.

"Interfaks" nashrida ma'lum qilinishicha, tarmoq filiallaridan birida xodim mijozning qizi ustiga qaynoq kofe to‘kib yuborganidan keyin jabrlanuvchi tomon da'vosi asosida sud ishi ochilgandi.

Xabarda aytilishicha, qizchaning otasi o‘z da'vosida 5 mln rubl to‘lanishini talab qilgandi. Sud esa ma'naviy zarar uchun 300 ming rubl, sud xarajatlari uchun esa 20 ming rubl to‘lanishi bo‘yicha qaror chiqargan.

Jabrlanuvchining otasi Aleksey Karelov bu pullarni xayriya sifatida bolalar uyiga yo‘naltirishga qaror qilgan.

"Rafiqam bilan bu pullarni qaysi xayriya jamg‘armasiga berishni muhokama qilyapmiz", deydi Karelov.

Bundan oldinroq, Karelov o‘zining 3 yoshli qizchasi restoranda ustiga qaynoq kofe to‘kib yuborilishi tufayli kuyish jarohatini olganidan keyin, restoranlar tarmog‘ini sudga bergani xabar qilingandi.

McDonald`s vakillari esa unga dastlab sudga murojaat qilmasligi uchun 100 ming rubl taklif qilishgan.

Top