15:17 / 18.09.2015
2450

New Horizons stansiyasi Plutonda kun botishini qayd qildi

Amerikalik olimlar New Horizons stansiyasi Plutonda kun botishining o‘ta tiniq fotosuratlarini oldi.

Surat 14 iyul kuni stansiya sayyoraga maksimal yaqinlashganidan 15 daqiqa o‘tgach tushirilgan.
Shundan so‘ng kamera ortga qayrilib, Pluton yuzasining Quyosh nuri tushib turgan 1 250 km li qismini suratga olgan.

“Bu surat o‘zingni Pluton yuzasi ustida turgan kuzatuvchiday his qilish imkonini beradi, - ta'kidladi tadqiqot guruhi rahbarlaridan biri Alan Stern. – Uning tahlili sayyora hamda uning yuzasidagi muzliklar, tog‘lar, atmosfera va plato to‘g‘risida ko‘p ma'lumot berishga qodir”.

Top