17:24 / 18.09.2015
2656

Osiyo taraqqiyot banki elektr energiyasi hisoblash tizimini modernizatsiya qilishga 300 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatda elektr energiyasi hisoblash tizimini modernizatsiya qilish uchun 300 mln dollar miqdorida kredit ajratish taklifini ma'qulladi.

490 mln dollarlik loyiha 3.1 mln elektr hisoblagichlari xarid qilinib, mamlakatning 5 viloyatida – Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. Loyiha 4 yil davomida amalga oshirib boriladi. OTB kreditidan tashqari, O‘zbekistonning o‘z mablag‘lari ham uni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

2011 yil sentabrida OTB O‘zbekistonga 150 mln dollar ajratgan bo‘lib, bu pullarga Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 1 mln shunday hisoblagichlar o‘rnatilgan edi. 207.4 mln dollarlik loyiha hali yakunlanmagan bo‘lib, 2018 yilga qadar davom etadi.
2018 yilga qadar “O‘zbekenergo” jami 800 mln dollarlik loyihalar hisobiga elektr energiyasi hisoblash tizimi modernizatsiyasini amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda.

Top