20:23 / 18.09.2015
5598

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professional tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha auditoriya ochildi

2015 yil 18 sentabrda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘DJTU) bilan hamkorlikda professional tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha auditoriyani ochish marosimini o‘tkazishdi.

Marosimda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Li Uk Xen, KOICA’ning O‘zbekistondagi idorasi direktori Im Jong Xi, O‘DJTU rektori Shuxrat Qayumov va boshqa yuqori lavozimli shaxslar ishtirok etdilar.

Tarjimonlar uchun mo‘ljallangan ilg‘or texnika bilan jihozlangan modernizatsiyalashgan auditoriya tarjimonlarni yuqori sifatda tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, Koreyaga trening kurslarga taklif qilish va koreyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jo‘natish orqali tarjimonlarni tayyorlash sohasida o‘zbekistonlik mutaxassislarning salohiyatini mustahkamlashga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Koreya Respublikasi elchisi marosimdagi tabrik nutqida “Globallashuv vaqtidagi raqobatbardoshlik xorijiy tillarni bilishga bog‘liq va ushbu auditoriyaning ochilishi munosabati bilan yosh xodimlar yanada yaxshiroq sharoitlarda ta'lim olishlarini tilab qolaman”, deb aytdi.

Top