17:26 / 18.09.2015
3235

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Full-flight-simulyatorini xarid qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi A320 samolyotining yangi to‘liq pilotajli trenajyer – Full-flight-simulyatorini xarid qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur uskuna kanadalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, mazkur qurilma yordamida uchuvchi real parvoz davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli kutilmagan holatlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha tayyorgarlik olib borishadi. Sotib olingan mazkur mashg‘ulot simulyatori barcha zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan bo‘lib, aynan A320 aviaulovining kabinasini eslatadi. Uning og‘irligi taxminan 10 tonnani tashkil qiladi.

Hozirda kanadalik mutaxassislar mazkur simulyatorni o‘rnatish-montaj ishlarini yakunlashmoqda.

30 sentabrdan esa boshqa bir guruh mutaxassislar qurilmani dasturiy tomondan ta'minlaydilar. Shundan so‘ng qurilma ko‘zdan kechiriladi va barcha talablarga javob bergan taqdirda O‘zbekiston aviatsiya davlat nazorati tomonidan mazkur qurilmadan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladi. Full-flight-simulyatorini noyabr oyining so‘nggiga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Top