11:11 / 18.09.2015
3050

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 12 million nafardan oshdi

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar miqdori 12 million nafardan ortib ketdi. Bu haqda juma, 18 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ICTSUMMIT 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammitida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev ma'lum qildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bergan.

Mobil aloqa abonentlari esa mamlakatda 22 mln nafardan oshdi, deya qayd etdi u.

Ayni paytda kompyuter mavjud bo‘lgan oilalar 37,4 foizni tashkil etsa, ularning 58,1 foizi internetga ulangan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidovning ta'kidlashicha, keng polosali internet va mobil aloqasini rivojlantirish yaqin kelajakda O‘zbekiston AKT sohasi oldida turgan eng muhim vazifa hisoblanadi.

Top