18:29 / 18.09.2015
2584

O‘zbekistonda majburiy rotavirus vaksinatsiyasini joriy qilingani bois bolalar orasida o‘lim holatlari kamaygan

O‘zbekiston mintaqada birinchi bo‘lib majburiy rotavirus vaksinatsiyasini joriy qilgan edi. Ushbu tajribaning dastlabki natijalari tahlildan o‘tkazildi.

Xalqaro sog‘liq tashkilotining xabar berishicha, jahonda har yili 500 minggacha bolalar rotavirusdan nobud bo‘lmoqda, 3 mln dan ortig‘i shifoxonaga yotqziladi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotlar rotavirus infeksiyasi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda og‘ir gastroentrit va o‘lim holatlarini keltirib chiqarayotganini ko‘rsatdi.

Shu tufayli mamlakatda 2014 yildan majburiy vaksinatsiya joriy qilindi. Bir yil o‘tgach, virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa tashkilotlar mutaxassislari natijalar tahlilini o‘tkazdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu vaksinatsiyaning joriy qilinishi kasallikka chalinish holatlarini 30 foizga kamaytirgan.

Shu bilan birga, mutaxassislarning e'tirof etishicha, vaksinatsiyaning samaradorligi haqida gapirish uchun jiddiyroq va chuqurroq tadqiqotlar olib borish, holatni uzluksiz monitoring qilib borish talab etiladi.

Top