15:52 / 18.09.2015
1618

O‘zbekistonda yarim yil ichida 1 770 biznes sub'yekti ishga tushdi

O‘zbekistonda 2015 yilning birinchi yarmida 1 770 yangi biznes sub'yekti faoliyat boshladi. Bu haqda O‘zbekiston adliya vaziri Muzraf Ikromov aytib o‘tdi.

“Vazirlik tomonidan joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan tahlil natijasida 27 ming ishlamayotgan va zarar ko‘rayotgan tadbirkorlik sub'yektlari aniqlandi, hamda ularning faoliyatini tiklash borasida choralar ko‘rildi. Natijada 1 770 yangi biznes sub'yektining ishi yo‘lga qo‘yildi, minglab ish o‘rni yaratildi”, - dedi u.

Shuningdek, Ikromov hisobot davrida o‘tkazilgan monitoring natijasida tadbirkorlik sub'yektlarida o‘tkazilgan 129 noqonuniy tekshiruv o‘tkazilgani, shuningdek, 39 holda tadbirkorlarning mablag‘lari noqonuniy ravishda chetdagi tadbir va loyihalarga jalb qilingani aniqlandi.

Top