Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat g‘arbiy hududlari hokimlari bilan uchrashuvda o‘zining milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan kostyum va oyoq kiyimini kiyib yurishini aytgan holda qozoq tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, deya xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.
“O‘z ishlab chiqaruvchilarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Masalan, hozir egnimdagi kostyum va oyoq kiyimim Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan. Bu bilan men yengil sanoatimizni reklama qildim”, – dedi Nazarboyev.