11:18 / 18.09.2015
2280

Samarqandda "Nuroniylar dorixonalari" tashkil etilmoqda

Hozirgacha viloyat «Dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qo‘shrabot tumani «Mayintepa» QVP, Urgut tumanidagi «Qoratepa» qishloq fuqarolar yig‘ini hamda Past Darg‘om tumanidagi «Qorasuv» qishloq fuqarolar yig‘inlarida «Nuroniylar dorixonalari» tashkil etildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, yangi tashkil etilgan dorixonalar 200 turdagi dori-darmon va tibbiy-texnika vositalari bilan ta'minlangan. Hududlarda istiqomat qilayotgan faxriylar tibbiyot birlashmalari qoshidagi markaziy poliklinikalarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgach, maxsus retseptlar asosida bepul va imtiyozli dorilar bilan ta'minlanadi. Dorixonalar xizmatidan nafaqat keksalar, balki barcha yosh toifasidagi aholi foydalanishi mumkin.

Joriy yil oxirigacha Jomboy tumanidagi Naymantepa mahallasida ham shunday dorixona tashkil etish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturida shahar va tumanlarda «Nuroniylar dorixonalari» tashkil etilishi ko‘zda tutilgan edi.

Top