21:46 / 18.09.2015
2290

Toshkentda ICTSUMMIT 2015 - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti yakunlandi

18 sentabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammitining yalpi majlisi o‘tkazilishi AKT haftaligining xotimasi bo‘ldi.

AKT sammiti o‘tkazilishining maqsadi o‘tayotgan yilning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasining rivojlanishidagi natijalarga xulosa yasash, soha oldida turgan strategik vaziflarni muhokama qilish, AKT Forumi qatnashchilari tomonidan kiritilgan rezolyutsiyani muhokama qilish va uni qabul qilishdan iborat edi.

Tadbir doirasida “Elektron hukumat” tizimining kelgusi rivojlanishi bo‘yicha masalalar, axborot xavfsizligi, dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish, axborot resurslari va boshqalar ko‘rib chiqildi. Sohadagi ijobiy tajribagina emas, balki mavjud muammolar va ularni yechish yo‘llari tahlil etildi.

Tadbirda 50ta xalqaro ekspert va 300ta ishtirokchi, ICTSUMMIT 2015 ning asosiy ma'ruzachilari orasida AKT sohasida 20 nafar mutaxassis qatnashdi.

Sammit qatnashchilarining yig‘ilishi doirasida o‘z ma'ruzalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha Qo‘mita raisi - Ilhom Abdullayev; Huawei Technologies kompaniyasi tarmoqlarini rivojlantirish va biznes bo‘yicha Konsalting prezidenti - Pol Maykl Skanlan, Sharqiy Yevropa va MDH bo‘yicha taqsimlangan nomlar ma'lumotlar va manzillarni beradigan Internet-korporatsiyasi (ICANN) vitse-prezidenti - Mixail Yakushev, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalari departamentining elektron hukumat bo‘yicha mintaqalararo katta maslahatchisi - Richard Kerbi va boshqalar ishtirok etdi.

ICTSUMMIT 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha sammit nafaqat professional xulosalar chiqarish, nufuzli spikerlarning bir qator ma'ruzalarini tinglash, ICTFORUM 2015 ma'ruzachilari va qatnashchilari tomonidan kiritilgan rezolyutsiyani qabul qilish imkoniyatini ham yaratdi.

ICTWEEK Uzbekistan 2015 O‘zbekiston Respublikasining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi homiyligida o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar - O‘zbekistonning Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlar assotsiatsiyasi va ICTNEWS nashri.

Tadbirning bosh homiysi Huawei Technologies Co. Ltd, ICTWEEK Uzbekistan 2015ning strategik homiysi «O‘zbektelekom» AK, mobil homiysi — UZMOBILE. Shu bilan birga, AKT Haftaligi homiylari qatorida - LG CNS Uzbekistan va SAP kompaniyasi.

Tadbir hamkorlari: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), “Elektron hukumat” tizimining taraqqiyot Markazi, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi, Toshkent Axorot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, BePro dasturchilar markazi, InfoCOM.UZ jurnali, Softline, Brand.uz, SmartLab, StartupFactory.uz, MyTaxi, UNIQUE PRESENT MediaHolding, MaslovPR Tashkent.

Top