10:39 / 18.09.2015
3831

Turkmanistonda sabzavot narxi o‘smoqda

Turkmanistonda sabzavot narxi o‘smoqda. Bu haqda Ozod Yevropa radiosi xabar bermoqda.
Joriy yilning iyulidan sentabrigacha bo‘lgan davrda Lebap viloyatining bozorlarida pomidor narxi 2 barobarga oshib ketgan.

Kartoshka, piyoz va boshqa mahsulotlarning narxi o‘rtacha 20-25 foizga oshgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili Annagurban Mammetdurdiyevning ta'kidlashicha, kelajakda bunday hollarning oldini olish maqsadida hukumat mahsulotni ichki vositalar bilan ishlab chiqarish va importni qisqartirishga harakat qilmoqda.

2016 yildan boshlab mamlakatda meva-sabzavot ekiladigan hududlarni har bir viloyatda 10 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.

Top