10:00 / 18.09.2015
1736

Xitoydagi kimyo zavodida 20 kishi ammiakdan zaharlandi

Xitoyning Xenan viloyatidagi Pindinshan shahri yaqinidagi kimyo zavodida ammiakning chiqib ketishi oqibatida 20 kishi zaharlandi. Bu haqda mahalliy televediniyeda xabar qilindi.

Zaharlanganlarning asosiy qismi zavodga qo‘shni bo‘lgan uylarda istiqomat qiluvchi odamlardir. Ulardan hech birining hayotiga tahlika yo‘q.
Aytilishicha, maxsus rezervuardan 300 kg suyuq ammiak to‘kilib ketgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Top