19:08 / 19.09.2015
2580

“AvtoVAZ” 15 ming xodimini qisqartirishi haqidagi xabarni inkor etdi

“AvtoVAZ” OAJ yaqin orada xodimlarini ommaviy tarzda qisqartirishi haqidagi xabarni inkor etdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qildi. 

U “AvtoVAZ”da joriy yilda ommaviy qisqartirishlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha “kasaba uyushmasi oldida aniq majburiyatlar” borligini ta'kidlab o‘tdi.

Kompaniyada bu xabarni Lada Vesta’ning seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida tarqatilgan xabar deb hisoblamoqdalar.

Avvalroq OAVda “AvtoVAZ” 15 ming xodimini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Bu haqda Tolyattidagi yangiliklar nashri tltgorod.ru o‘z manbalariga tayangan holda ma'lum qilgan edi.

Top