20:49 / 19.09.2015
3344

AQSh virtual valyutalarni neft kabi birja mahsuloti deb rasman tan oldi

AQShning mahsulotlar fyucherslari (CFTC) savdosi bo‘yicha komissiyasi bitkoinlarni neft va bug‘doy kabi birja mahsuloti deb rasman tan oldi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.

“CFTC ilk bor bitkoinlar va boshqa virtual valyutalarni birja mahsuloti deb belgiladi”, deb aytilmoqda komissiyaning xabarida. Shu tariqa, komissiya virtual valyutalar savdosi ustidan nazoratni ta'minlashi lozim va ayblovlar vaziyatida bozor ishtirokchilariga ayblov qo‘yish huquqini oldi.

Avvalroq CFTC Coinflip birjasini virtual valyutaga fyucherslar va opsionlarni komissiya me'yorlariga rioya qilmagan holda sotishda ayblab, unga qarshi ayblov qo‘ygan edi. Boshqa tartibga solinmaydigan birjalar ham yaqin orada CFTC e'tiborini jalb qilishi mumkin, deb aytdi komissiya vakili.

Bloomberg agentligining fikricha, CFTC’ning bu qarori AQShga bitkoinlar savdosini tartibga solishda yordam beradi. Boshqa tomondan, bu birjalarning ishida xarajatlarni oshirishi mumkin.

Bitkoinlar virtual pullar sirasiga kiritilib, ulardan internetda hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi. Ular yordamida amalga oshirilgan xaridlarni rasmiy emitent mavjud emasligi sababli kuzatishning iloji yo‘q.

Top