08:58 / 19.09.2015
2613

AQShda Coca-Cola 3,3 mlrd dollar miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlikda ayblanmoqda

Coca-Cola kompaniyasiga AQSh ichki kirimlar xizmati tomonidan shikoyat xati yo‘llandi. Unda kompaniya tomonidan 3,3 mlrd dollar miqdoridagi soliq to‘lanmay qolgani haqida aytilgan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar yozgan.

Xabarda aytilishicha, Coca-Cola kompaniyasining 2007-2009 yillardagi faoliyati tekshirilganda shunday holat aniqlangan.

Hozircha kompaniyaga nisbatan jarima qo‘llangani borasida ma'lumot yo‘q.

O‘z navbatida Coca-Cola sudda o‘zining aybsizligini isbotlab bermoqchi.

Biroz oldinroq, AQShdagi Coca-Cola Enterprises, Ispaniyadagi Coca-Cola Iberian Partners, Germaniyadagi Coca-Cola Erfrischungsgetranke birlashishi haqida xabar qilingandi. Bu haqda Coca-Cola Company xabar qilgan.

Yangi xolding Coca-Cola European Partners nomini olishi va Yevropadagi eng yirik ichimliklar ishlab chiqaruvchiga aylanishi aytilgan.

Top